Samsung Galaxy ekotizimining afzalliklari

Ulangan Galaxy qurilmalari o'zaro aloqadorlika ajoyib tarzda ishlab, muloqot, ish vazifalari, ko'ngilochar tajriba va salomatlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Video qo'ng'iroqlar, fayllarni ulashish yoki hamkorlikda ishlash kabi aloqa imkoniyatlarining yangi usullarini kashf eting.1

YAQIN ATROFDAGI QURILMALAR

Mening Samsung qurilmalarimni sodda topish va sinxronlash imkoniyatlari

Qurilmalaringiz o‘rtasida qanday imkoniyatlar borligini bilmayapsizmi? “Yaqin atrofdagi qurilmalar” funksiyasi yordamida siz atrofingizdagi qurilmalarni ko‘rishingiz, mavjud imkoniyatlarni tezda tekshirishingiz va ularni shunchaki tortib o‘tkazish orqali oson ulashingiz mumkin.2

Qurilmalaringizda o'zingizga qulay joyda ishlang

Qurilmalarning o'zaro birgalikda ishlashidagi muammolarni unuting. Galaxy kontentni siz uchun ishlash eng qulay bo'lgan joyga o'tkazish imkoniytini beradi.

QUICK SHARE

Android qurilmalari o'rtasida ma'lumotlarni tezkor ulashish

Quick Share funksiyasi sizga fotosuratlar, videolar va hujjatlarni osongina ulashish imkonini beradi. Fayllarni yaqin-atrofdagi Galaxy smartfonlari, planshetlari va shaxsiy kompyuterlari yoki hatto boshqa ishlab chiqaruvchilarning Android qurilmalariga bir necha soniya ichida yuboring. Endi fayllarni bir vaqtning o‘zida bir nechta kontaktlaringizga, ularning joylashuvidan qat’iy nazar ulashish imkoniyati paydo bo‘ldi. 3

AVTOMATIK ULANISH NUQTASI

Qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, Internetga darhol ulaning

Avtomatik ulanish nuqtasi funksiyasi yordamida Galaxy Tab qurilmangiz smartfoningizdagi ulanish nuqtasiga avtomatik ulanib, qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, darhol internetga kirish imkonini beradi.4

OILAVIY QURILMALARDAN UMUMIY FOYDALANISH

Oilaviy qurilmalar orqali aloqada qoling

Multi Control, Avtomatik ulanish nuqtasi, Quick Share va boshqa funksiyalar yordamida o‘z qurilmangiz hamda oila a’zolaringiz qurilmalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘langan tajribadan zavq oling. Tasvirlar va fayllarni oilangiz bilan xuddi o‘z qurilmalaringiz orasidagidek oson ulashing.5

Samsung Galaxy bilan samaradorligingizni oshiring

Galaxy qurilmalarini sinxronlashtirish orqali qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, istalgan vazifani bajarishingiz uchun samarali ish maydonini yaratishingiz mumkin.

IKKINCHI EKRAN

Raqamli ish maydoningizni kengaytiring

Galaxy Tab planshetingizdan qo‘shimcha ekran sifatida foydalanib, o'z unumdorligingizni oshiring. Shaxsiy kompyuter uchun “Ikkinchi ekran” ilovasi kompyuter ekranini Galaxy Tab planshetiga kengaytirib, simli yoki simsiz ulanish orqali qo‘shimcha ish maydonini taqdim etadi. Ajoyib g‘oya paydo bo‘ldimi? S Pen yordamida qaydlarni yozing, eskizlar chizing va g‘oyalaringizni rivojlantirib, fikrlaringizni darhol amalda qo‘llang.7

SAMSUNG NOTES

Samsung Notes bilan o'zingizga qulay joydan hamkasblaringiz bilan birgalikda ishlang

Samsung Notes ilovasi yordamida qaydlaringiz Samsung Cloud orqali Galaxy qurilmalari o‘rtasida avtomatik sinxronlanib, qulay va uzluksiz qayd yuritishingizga yordam beradi. Birgalikdagi loyiha ustida ishlayapsizmi? Shunchaki qaydlar yarating, ularni havola orqali ulashing va boshqa foydalanuvchilarni ularni ko‘rib chiqish va tahrirlash uchun taklif qiling.8

Chegaralarsiz ko'ngilochar imkoniyatlar

Galaxy sevimli musiqangizni uzatish, qidirish va tinglash hamda sevimli dasturlarni tomosha qilishni osonlashtiradi.

SMART VIEW

Maxfiylikni yo'qotmagan holda smartfoningiz ekranini televizorda namoyish eting

Smart View funksiyasi ekraningizni xavfsiz tarzda boshqa qurilmada aks ettirish imkonini beradi va shaxsiy xabarlaringiz maxfiyligini saqlaydi. “Faqat ilovani translyatsiya qilish” funksiyasi yordamida smartfon ekranini televizor yoki boshqa qurilmalarga uzatib, shu bilan birga smartfondan boshqa vazifalar uchun foydalanishda davom etishingiz mumkin.9

MEDIA OUTPUT

Almashish paytida musiqa ijrosini davom ettiring

Tanaffussiz musiqa istaysizmi? Galaxy Buds, Bluetooth dinamiklar yoki Wi-Fi orqali tinglashda davom etish uchun tezkor sozlamalar panelidagi Multimedia chiqishi funksiyasini oching va qurilmalarni bitta ekranda boshqaring. Bundan tashqari, siz bir vaqtning o‘zida ikkita (yoki undan ortiq) Wi-Fi dinamiklarini ulashingiz va bir maromda musiqadan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Samsung Galaxy smartfoni yordamida hordiq chiqarish imkoniyatlaringizni oshiring.10

AUTO SWITCH

Film tomosha qilishdan qo'ng'iroqlarga avtomatik o‘tish

Tasavvur qiling, siz Galaxy Buds orqali Galaxy Tab, Galaxy Book yoki televizorda film tomosha qilyapsiz va shu payt smartfoningizga qo‘ng‘iroq bo'ldi. Auto Switch funksiyasi Galaxy Buds quloqchinlarini darhol smartfoningizga ulaydi, shunda siz Buds orqali darhol javob bera olasiz. Qo‘ng‘iroq tugashi bilan esa tizim quloqchinni yana filmingizga qayta ulaydi.11

Mutlaqo yangicha aloqa imkoniyati

Galaxy ochiq ekotizimida ochiq muloqot qilish yanada oson

BOSHQA QURILMALARDAGI QO‘NG‘IROQLAR

Hech bir qo'ng'iroqni o'tkazib yubormang

Agar siz Galaxy Tab yoki shaxsiy kompyuterda ishlayotgan bo‘lsangiz, unga ulangan Galaxy smartfoni barcha qo‘ng‘iroqlarni sizga uzatadi, shunda siz doimo aloqada bo‘lib turasiz.12

Samsung Galaxy xizmatlari bilan unumdor va sog'lom hayot

Sizning Galaxy Watch soatingiz va Galaxy smartfoningiz uyg'unlikda yagona qudratli ekotizim kabi ishlaydi

TELEFONNI TOPISH

Smartfoningiz uchun xavotir olishning keragi yo'q

Smartfoningizni topa olmayapsizmi? Agar u yaqin atrofda bo‘lsa, ulangan soatingizdagi “Telefonni topish” funksiyasi yordamida unga qo‘ng‘iroq qiling. Agar u tarmoq doirasidan tashqarida bo‘lsa va Bluetooth uzilgan bo‘lsa, Samsung Find funksiyasi orqali smartfon joylashuvini xaritada ko‘rib, soat yordamida unga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.20

Ko'p Beriladigan Savollar

Galaxy Connected Experience ekotizimi — bu Galaxy qurilmalaringizni uzluksiz birlashtiruvchi yagona integratsiyalashgan tizimdir. Samsung Galaxy smartfonlari, planshetlar, shaxsiy kompyuter, Galaxy Buds va Galaxy Watch qurilmalaridan tortib Smart TV va smart monitorlargacha — u turli qurilmalar o‘rtasida yagona foydalanish tajribasini yaratadi.
Siz qurilmalar o‘rtasida kontent, ekranlar va funksiyalarni oson ulashib, ular orasidagi chegaralarni yo‘q qilishingiz mumkin.
Bunday uzluksiz tajriba kundalik vazifalaringizni yanada qulay va yoqimli qiladi.

Galaxy qurilmalaridan birgalikda foydalanish sizga kompleks ekotizim va takomillashtirilgan foydalanuvchi operatsiyalari afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi. Galaxy smartfoningizni Galaxy Buds, Galaxy Watch, Galaxy Tab va Galaxy Book kabi boshqa Samsung mahsulotlariga ulab, qurilmalar o‘rtasida ravon aloqani ta’minlash mumkin.

Samsung Galaxy qurilmalari oson ulanish va turli usullarda o‘zaro ta’sir qilish uchun bir-birini aniqlashi mumkin. Qaydlar va ma’lumotlarni sinxronlash, fayllarni almashish, ekranlarni nusxalash va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.

Galaxy ekotizimidagi smartfoningiz ishlash uchun yanada qulayroq bo‘ladi va unumdorligingizni oshiradi, chunki u ko‘p vazifalilik va qurilmalar o‘rtasidagi aloqa uchun ko‘proq imkoniyatlar ochadi. Masalan, siz kontentni Galaxy smartfoningizdan nusxalashingiz va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keladigan Galaxy Book yoki Tab planshetiga joylashtirishingiz mumkin. Shuningdek, deyarli bitta kengaytirilgan ish joyidan foydalangandek, elementlarni turli qurilmalar orasida tortishingiz mumkin.

Ulangan funksiyalarni dastaklaydigan qurilmalar tafsilotlari bilan quyida tanishing.

Siz quyidagi qurilmalarda Galaxy ekotizimiga ulanish imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin:

1. Smartfonlar: Galaxy S, Galaxy Z, Galaxy A Series va boshqalar.
2. Planshetlar: Galaxy Tab S, Galaxy Tab A Series va boshqalar.
3. Taqiladigan qurilmalar: Galaxy Watch Series, Galaxy Fit va boshqalar.
4. Simsiz quloqchinlar: Galaxy Buds Series va boshqalar.
5. Noutbuklar: Galaxy Book Series va boshqa Samsung noutbuklari.
6. Boshqa qurilmalar: Samsung smart televizorlari, smart monitorlar va boshqalar.

Ushbu qurilmalarni ulab, ekotizimning integratsiyalashgan funksiyalari tufayli yanada qulay va samarali ishlashdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.


Qurilma va funksiyalarning mavjudligi mamlakat, model va One UI versiyasiga bog‘liq.

Quyida qurilmangizda qo‘llab-quvvatlanadigan ulangan funksiyalarni tekshirish imkonini beruvchi bandlar keltirilgan.

Sozlamalar orqali Galaxy qurilmalaringizda mavjud ekotizim funksiyalarini tekshirishingiz mumkin.

Smartfon va planshetda Sozlamalar > Ulangan qurilmalar rukniga kirib, mavjud ulangan funksiyalarni oching va ularning har birini yoqing yoki faolsizlantiring.

Galaxy Book ilovasida mavjud funksiyalarni tekshirish uchun Samsung Sozlamalar > Ulangan qurilmalar ilovasini oching.

Galaxy Connected Experience ekotizimining funksiyalari faqat Galaxy qurilmalari bilan mos keladi.
Biroq, Quick Share kabi ayrim funksiyalar Galaxy qatoriga kirmaydigan qurilmalar bilan ham mos keladi.

Ha, ulangan Galaxy funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi orqali tizimga kirish kerak.
Biroq, Windows bilan aloqa va ayrim Galaxy Buds funksiyalaridan Samsung hisob qaydnomasiga kirmasdan foydalanish mumkin.

GALAXY MAHSULOTLARI

Oson ulaning
Yanada ko'proq taassurotlar

Galaxy qurilmalari qatori bilan tanishing

Galaxy smartfoni

Galaxy Tab

Galaxy Watch

Galaxy Buds

  • Tasvir namuna uchun modellashtirilgan. Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.
  • Qurilma alohida sotiladi. Qurilmalarning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki mobil aloqa operatoriga bog‘liq.
  1. Funksiyalarning mavjudligi qurilma, mamlakat, mintaqa, mobil aloqa operatori va One UI versiyasiga bog‘liq.
  2. Yaqin-atrofdagi qurilmalar funksiyasidan foydalanish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur.
    • Mavjudligi: smartfon, planshet yoki kompyuteringiz bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda ularda Wi-Fi va Bluetooth yoqilgan bo‘lishi kerak. Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun One UI 7 yoki undan yuqori versiya talab qilinadi. Galaxy Book noutbukida Yaqin atrofdagi qurilmalar (Nearby devices) ilovasini Microsoft Store do‘konidan yuklab olish kerak, buning uchun quyida ko‘rsatilgan dasturiy ta’minot versiyalari talab qilinadi: Samsung Settings 6.0 yoki undan yuqori (Arm), Samsung Continuity Service 1.13 yoki undan yuqori versiyalari.
    • Aniqlanadigan qurilmalar: Tezkor sozlamalar panelidagi Yaqin-atrofdagi qurilmalar tugmasi bosilganda quyidagi shartlarga javob beradigan qurilmalar ko‘rsatiladi. Galaxy smartfonlari va planshetlari: bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan bo‘lishi va Bluetooth yoqilgan bo‘lishi kerak. Barcha funksiyalardan foydalanish uchun One UI 7 yoki undan yuqori versiya talab qilinadi. Agar smartfon yoki planshetingizda One UI 4.1.1 yoki undan yuqori versiyalari hamda Continuity Service 1.2.27 yoki undan yuqori versiyalari o‘rnatilgan bo‘lsa, cheklangan imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Galaxy Book bir xil Samsung hisobiga tegishli bo‘lishi, Bluetooth yoqilgan bo‘lishi, Samsung Settings 6.0 yoki undan yuqori (Arm), Samsung Continuity Service 1.13 yoki undan yuqori bo‘lishi kerak. Samsung televizorlari, smart-monitorlar va proyektorlar yoqilishi kerak; ilgari ular Smart View yoki DeX yordamida ushbu smartfon/planshetga kamida bir marta ulanishi kerak edi. Faqat 2016-yildan oldin ishlab chiqarilmagan televizorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Galaxy Books’da topilmaydi: Galaxy Buds, taqiladigan qurilmalar, fitnes bilaguzuklari va uzuklar ushbu smartfonga Bluetooth orqali ulanishi kerak. Bluetooth yoniq bo‘lishi kerak. Galaxy Buds quloqliklari qutidan chiqarilishi yoki quti ochilishi kerak. Galaxy Watch4 va undan yuqori taqiladigan qurilmalar bilan ishlaydi. Hech qanday taqiladigan qurilma Galaxy Books yoki planshetda topilmaydi.
  3. Android 10 (Q) yoki undan yuqori versiyali operatsion tizim o‘rnatilgan One UI 2.1 yoki undan yuqori versiyali qurilmalarda mavjud. Galaxy Book qurilmalarida, jumladan, 2020-yilda va undan keyin chiqarilgan Qualcomm asosidagi kompyuterlarda, shuningdek, Intel Bluetooth/Wi-Fi drayverli Windows asosidagi kompyuterlarda qo‘llab-quvvatlanadi (OS: Windows 10 2004 yoki undan keyingi versiyalar, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan keyingi versiyalar, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 yoki undan keyingi versiyalar). Quick Share funksiyasidan foydalanish uchun Bluetooth va Wi-Fi aloqasi talab etiladi. Quick Share funksiyasi bir vaqtda ma’lumot almashishi mumkin bo‘lgan qurilmalar soni manba qurilmasining Wi-Fi chipiga bog‘liq. Haqiqiy tezlik qurilma, tarmoq holati va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. QR-kodlar va kontaktlar bilan fayllarni ulashishda bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 1000 ta faylni uzatish mumkin. Hajmi bo‘yicha cheklov mavjud: maksimal fayl hajmi - 10 GB, kuniga 10 GB dan ortiq uzatilmaydi. Havola amal qilish muddati ikki kundan keyin tugaydi. Jo‘natuvchi qurilma uchun Samsung hisob qaydnomasi, qabul qiluvchi va jo‘natuvchi qurilmalar uchun Internet aloqasi talab qilinadi.
  4. Smartfondagi mobil ulanish nuqtasi funksiyasining mavjudligi operator siyosatiga qarab farq qilishi mumkin. Barcha qurilmalar bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Smartfon mobil tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.
  5. Oilaviy qurilmalar bilan ulashish funksiyasidan foydalanish uchun sizning qurilmangiz hamda oila a’zolaringiz qurilmalari Samsung hisob qaydnomasiga kirgan, bir xil oilaviy guruhga tegishli va oilaviy qurilmalar bilan ulashish funksiyasi ikkala hisob qaydnomasida ham yoqilgan bo‘lishi kerak. Smartfon va planshetlarda One UI 8.5 yoki undan yuqori versiya o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, Galaxy Book uchun esa Samsung hisob qaydnomasi hamda oilaviy qurilmalar bilan ulashishni qo‘llab-quvvatlaydigan, 2026-yil martidan keyin chiqarilgan va eng so‘nggi versiyaga yangilangan ilovalar talab etiladi.
  6. Foydalanuvchilar Samsung Galaxy qurilmasini Windows shaxsiy kompyuteriga mobil qurilmalardagi “Windows bilan bog‘lanish” va shaxsiy kompyuterdagi Microsoft “Telefon bilan bog‘lanish” ilovasi orqali ulashi hamda sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qilishi, jumladan bir xil Microsoft hisob qaydnomasiga kirishi kerak. “Windows bilan bog‘lanish” ayrim Samsung Galaxy qurilmalarida oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi. Planshetlar uchun One UI 5.1.1 yoki undan yuqori versiya talab etiladi. Shaxsiy kompyuter uchun (Microsoft “Telefon bilan bog‘lanish” ilovasi) Windows 10 yoki undan yuqori versiya kerak bo‘ladi. Microsoft “Telefon bilan bog‘lanish” Samsung Galaxy qurilmasini shaxsiy kompyuter bilan bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulashni tavsiya qiladi. Ayrim mobil ilovalar boshqa ekranlardagi kontentga kirishni cheklashi mumkin. Ba’zi funksiyalar qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Planshetlarda qo‘ng‘iroq qilish/xabar yuborish funksiyasi qo‘llab-quvvatlanmaydi. “So‘nggi saytlar” funksiyasi faqat Samsung Browser ilovasidan foydalanilganda mavjud: One UI 3.1.1 yoki undan yuqori versiyadagi Samsung Galaxy smartfonlarida (Samsung Galaxy S, Note, Z Fold, Z Flip), One UI 5.1.1 yoki undan yuqori versiyadagi planshetlarda (faqat Tab S modellari uchun, Tab FE yoki Tab Lite modellari uchun emas) hamda Windows 10 20H1 yoki undan yuqori versiyadagi shaxsiy kompyuterlarida qo'llab-quvvatlanadi. Microsoft “Telefon bilan bog‘lanish” / “Windows bilan bog‘lanish” / Samsung Browser ilovalarining eng so‘nggi yangilanishlari talab etiladi.
  7. “Ikkinchi ekran” funksiyasi One UI 5.1.1 va undan yuqori versiyali S7 va undan yuqori barcha Galaxy Tab S Series planshetlarida, shuningdek Active4 Pro va Active5 qurilmalarida mavjud. (One UI 6.1.1 yoki undan yuqori versiyadan foydalanish tavsiya etiladi). Galaxy Tab planshetida funksiyani yoqmasdan turib, shaxsiy kompyuterdan “Ikkinchi ekran” funksiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish uchun Galaxy Tab va Galaxy Book qurilmalarida bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Simsiz displeyni qo‘llab-quvvatlaydigan va Windows 10 20H2 yoki undan yuqori versiyada ishlaydigan shaxsiy kompyuter talab etiladi.
  8. Samsung Notes ilovasidan turli qurilmalarda birgalikda foydalanish uchun mobil yoki Wi-Fi tarmog'iga ulanish talab etiladi. Barcha qurilmalarda bir xil Samsung hisob qaydnomasiga kirilgan bo‘lishi kerak. Taqiladigan qurilmalarda mavjud emas. Qo‘llab-quvvatlanadigan operatsion tizim farq qilishi mumkin.
  9. Smart View faqat Miracast funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Smart TV, Galaxy smartfonlari va planshetlarida mavjud. App Cast funksiyasining mavjudligi qurilma, ilova va mamlakat/hududga qarab farq qilishi mumkin.
  10. Wi-Fi dinamiklarini Media output funksiyasiga ulash uchun ular Chromecast funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi va One UI 5.1 yoki undan yuqori versiyadagi Galaxy qurilmalarida mavjud bo‘lishi kerak. Wi-Fi dinamiklari va Galaxy qurilmasi bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Media Output funksiyasidan foydalanish uchun Bluetooth dinamiklari va Buds qurilmalari ulanish rejimida bo‘lishi kerak.
  11. Auto Switch funksiyasi faqat One UI 4.1.1 yoki undan yuqori versiyadagi Galaxy smartfon va planshetlarida, Galaxy Watch4 Series va undan yangi modellarda, 2022-yil yoki undan keyin chiqarilgan Samsung televizorlarida hamda One UI 6.0 yoki undan yuqori versiyadagi Galaxy Book modellarida mavjud. Qurilmalar o‘rtasida Auto Switch funksiyasidan foydalanish uchun Galaxy Buds kamida bir marta Galaxy smartfoni, plansheti, soati, televizori yoki Galaxy Book qurilmasiga ulangan bo‘lishi kerak. Auto Switch funksiyasi faqat Buds2 Pro, Buds3 va Buds3 Pro uchun mavjud bo‘lib, boshqa modellarda qo‘llab-quvvatlanmaydi. Talablarga mos qurilmalar bir xil Samsung hisob qaydnomasiga ulangan hamda Bluetooth va Wi-Fi funksiyalari yoqilgan bo‘lishi kerak.
  12. Boshqa qurilmalarga qo‘ng‘iroq qilish funksiyasidan foydalanish uchun ikkala qurilma ham bitta Samsung hisob qaydnomasiga ulangan bo‘lishi kerak, shuningdek, qurilmalar avtomatik ulanishi uchun sozlamalarda qurilmalarni oldindan ulash kerak. Tezkor xotirasi 3 GB va undan yuqori bo‘lgan Android P boshqaruvidagi Samsung qurilmalarida mavjud. 1809 yoki undan yuqori versiyali Windows 10 operatsion tizimiga ega kompyuter, One UI 5.0 yoki undan yuqori versiyali Galaxy Book va One UI 5.0 yoki undan yuqori versiyali Galaxy smartfoni talab qilinadi. Funksiyaning ishga tushish sanasi mintaqa, operator va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
  13. Samsung Health ilovasining 6.24 yoki undan yuqori versiyasi talab etiladi.
  14. Samsung Health ilovasidagi barcha ma’lumotlar faqat umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Tavsiyalar faqat shaxsiy ma’lumot olish uchun taqdim etiladi. Ular kasalliklar yoki uyqu buzilishlarini aniqlash, tashxislash yoki davolash uchun mo‘ljallanmagan. Tibbiy maslahat uchun mutaxassisga murojaat qiling. Foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta’minot versiyasi, qurilma modeli, hudud va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
  15. Energiya ko‘rsatkichi Android smartfonlarida (Android 11 yoki undan yuqori) mavjud bo‘lib, Samsung Health ilovasining 6.27 yoki undan yuqori versiyasini talab qiladi.
  16. Energiya ko‘rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 Series va undan keyingi modellar, Galaxy Fit3 bundan mustasno) yoki Samsung Galaxy Ring orqali olingan salomatlik ma’lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilgan bo‘lishi kerak. Oldingi kunning faollik va uyqu rejimi ma’lumotlari, shuningdek uyqu paytidagi yurak urish tezligi ma’lumotlari talab etiladi.
  17. Samsung Health ilovasining 6.24 yoki undan yuqori versiyasi talab etiladi. Uyqu nazorati funksiyasi uchun kamida 7 kunlik uyqu ma’lumotlari, jumladan 2 ta dam olish kuni ma’lumotlari kerak bo‘ladi.
  18. Yurak Salomatligi funksiyalari hech qanday tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolash, kuzatish yoki boshqarish uchun mo‘ljallanmagan.
  19. 22 yosh va undan katta foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ECG Monitor ilovasi yurak urish tezligi ma’lumotlarini tahlil qilib, AFib’ni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan notekis yurak ritmi epizodlarini aniqlaydi va foydalanuvchiga yurak ritmini tahlil qilish uchun EKG yozib olishni tavsiya qiluvchi bildirishnoma yuboradi. IHRN funksiyasi AFib’ni ko‘rsatadigan ritm buzilishining har bir epizodi haqida bildirishnoma yuborish uchun mo‘ljallanmagan, shuningdek bildirishnoma yo‘qligi patologik holat mavjud emasligini anglatmaydi. Ushbu funksiya foydalanuvchi harakatsiz bo‘lgan paytda yurak urish tezligi ma’lumotlarini yig‘ish va bildirishnoma yuborish uchun yetarli ma’lumot to‘planganda ularni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. EKG monitoring ilovasi an’anaviy tashxis yoki davolash usullarining o‘rnini bosish uchun mo‘ljallanmagan. EKG ilovasi AFib’dan boshqa ma’lum ritm buzilishlariga ega foydalanuvchilar yoki 22 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun mo‘ljallanmagan. Foydalanuvchilar malakali tibbiyot mutaxassisi bilan maslahatlashmasdan qurilma ko‘rsatkichlariga asoslanib klinik xulosa chiqarmasligi yoki davolash choralarini ko‘rmasligi kerak.
  20. Samsung Find (“Telefonni topish”) funksiyasi Wear OS versiyali va Android 10 yoki undan yuqori versiyadagi Galaxy smartfonlariga ulangan Galaxy Watch qurilmalarida qo‘llab-quvvatlanadi. Ulangan smartfon Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. *“Telefonni topish” funksiyasidagi tovushli signal yuborish va xaritada qo‘ng‘iroqni ko‘rsatish Bluetooth orqali ulanganda hamda qurilma signal doirasida bo‘lganda ishlaydi. Xarita orqali qo‘ng‘iroq funksiyasini masofadan turib ham faollashtirish mumkin. Masofadan faollashtirish uchun soat Wi-Fi yoki mobil tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak. Soat va smartfon bir xil Samsung hisob qaydnomasiga kirgan bo‘lishi, shuningdek joylashuvni ulashishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak.